Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING 66 - SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-02-03 17:57:33    330

PDF yuklash
Chop etish


  Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqahhor Djurabayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
   Kun tartibidagi dastlabki masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli Qaror ijrosi yuzasidan 2022 yilda sektorlar hududida amalga oshirilgan ishlar borasida sektorlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
  Kun tartibidagi navbatdagi masala – Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudida odil sudlovni amalga oshirish borasida 2022 yil davomida Toshloq tumanida olib borilgan ishlar to‘g‘risida.
   Navbatdagi masala - Toshloq tumani adliya bo‘limining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida 2022 yilning 4-choragi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
  Kun tartibidagi navbatdagi masala – Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Toshloq tumani bo‘limining 2022 yil davomida olib borgan ishlari to‘g‘risida.
  Navbatdagi masala - Toshloq tumani mahalliy byudjetining 2023 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida. 

   Shuningdek, sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2022 yil 25 apreldagi PQ-216-sonli qarorini tumanda bajarilishi hamda “Caxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlari eshitildi.  Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.