Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“TASHABBUSLI BYUDJET”: TURVAT OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDA BARCHA SHAROITLAR YARATILDI

×

 2023-02-06 14:52:25    290

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida 2002 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Turvat Oilaviy shifokorlik punkti yillar davomida ta’mir talab bo‘lib qolgan edi. Ushbu maskan 2022 yilda o‘tkazilgan "Tashabbusli byudjet" loyihasida 2400 ta ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi. Loyihaga ko‘ra, 850 million so‘m mablag‘ evaziga bino qaytadan ta’mirlandi. Qurilish jarayonida binoning tashqi va ichki fasadi, isitish tizimi ta’mirlanib, eshik va romlar yangisiga almashtirildi.
Turvat Oilaviy shifokorlik punkti 10336 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. "Tashabbusli byudjet" loyihasida g‘olib bo‘lib, muammolarimiz hal bo‘ldi,- deydi OSHP mudiri Ilhomjon Gʻofurov.  -  Hozirda OSHPda EKG, kunduzgi shifoxona, laboratoriya, ayollar maslahatxonasi, ijtimoiy dorixona faoliyat yuritib mahalliy aholini tuman markaziga bormay shu yerning o‘zida sog‘liqlari uchun kerakli birinchi yordamni olishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi.