Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QAROR MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

×

 2023-02-07 09:30:31    260

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani hokimligida tuman IIB shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti bosh inspektori mayor Ikrom Otaboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-10-sonli Qarori mazmun mohiyati haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatining olib borish mexanizimi, ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash, fuqarolar bilan muomala madaniyati hamda ushbu qarorga asosan Ichki ishlar organlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar tushuntirilib, xizmat jarayonida qanday hatti harakatlar olib borish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. 
Yig‘ilish yakunida xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.