Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan qabulda har bir fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganildi. Qabul davomida tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mutasaddilari ishtirok etib, har bir muammo joyida bartaraf etilmoqda. Ayrim muddat talab etilgan murojaatlar qat’iy nazoratga olinmoqda. Ushbu qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.