Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” TAMOYILI

×

 2023-02-09 16:51:51    291

PDF yuklash
Chop etish


2023 yil 1 yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun 4 foiz miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda bir xillashtirildi. Bundan tashqari, 2023 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tartib bo‘yicha soliq to‘lash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik sub’yektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:-  Soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;-  bank hisob varag‘idan dividend tarzida yechib olinadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi;-  tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.Ta’kidlash joiz, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. 
Shuningdek, tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subektlarga 2023 yil 1 aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.Albatta, qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlarga soliq xizmati organlari “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradilar. Ta’kidlash joiz, ayni kunlarda Toshloq tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.Xususan, 2023 yil yanvar oyi davomida Toshloq tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 131 ta tadbirkorlik sub’yektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 43 ta tadbirkorlik sub’yektlariga dastlaki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

TOSHLOQ TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI