O‘QUVCHILARNING KASB-HUNAR O‘RGANISHLARI UCHUN MAKTABLARDA SHAROITLAR YARATILMOQDA
×
2023-02-09 17:09:08 292
PDF yuklash
Chop etish
2022 yil 20 dekabrdagi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning murojaatnomasida: - “Birinchi navbatda e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investisiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz. Najot-ta’limda, najot-bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.” - deb ta’kidlab o‘tdilar. Darhaqiqat, hozirgi kunda ta’limga, o‘qituvchilarga, umuman davlatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bitiruvchilarni maktabni bitirgandan so‘ng, chet tillarini bilishi, kasb-hunar egallashlari, kompyuter savodxonligini puxta o‘rganganliklari, nafaqat jamiyat uchun balki o‘zlarining kelajaklariga muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Toshloq tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchilarni kasb-hunarni mukammal egallab, chet tilida o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar hamda to‘garaklar tashkil etilgan. Maktabning malakali pedagoglari har bir o‘quvchining qiziqishlaridan kelib chiqib, kasblar bo‘yicha va fan to‘garaklariga jalb qilinmoqda. Bugungi kunda ta’lim maskanida o‘quvchi yoshlar uchun kosibchilik, chilangarlik, duradgorlik, do‘ppido‘zlik, tikuvchilik, pazandachilik, kompyuter savodxonligi hamda rus va ingliz tili to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.