Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O‘QUVCHILARGA KOSIBCHILIK HUNARI CHUQUR O‘RGATILMOQDA

×

 2023-02-10 08:56:07    402

PDF yuklash
Chop etish


“Piyozchilik” MFY hududidagi 39-umumta’lim maktabi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tumanda namuna sifatida tanlab olinib, o‘quvchilarni kosibchilik hunariga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.

   -Mahallamiz asosan kosibchilikka ixtisoslashgan, deyarli har bir oila a’zosi ushbu yumush bilan shug‘ullanadi,-deydi “Piyozchilik” MFY faoli, tadbirkor Muqaddas Soliyeva. – Mahallamizda tayyoralanayotgan keng assortimentdagi poyabzallar vodiy viloyatlari, Toshkent shahrida juda ham xaridorgir. Shuningdek, mahsulotlarimiz qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinadi. Hozirgi kunda maktabda o‘quvchilarga kosibchilik kasbini mukammal o‘rgatish uchun maxsus xona jihozlandi. 35 nafar o‘g‘il-qizlar darsdan so‘ng bajonidil ushbu kasbni o‘rganishyapti. Poyabzalning ba’zi qismlarini mustaqil tayyorlashni o‘rganib olganlari kuniga o‘rtacha 120-150 ming so‘m mablag‘ ham ishlab topishni boshlashdi.

Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo‘raboyev maktabda kosibchilik hunarini o‘rganish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ajratilgan xonalarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan kosibchilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna hamda jihozlar olib beriladigan bo‘ldi.