Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AHOLINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH – USTUVOR VAZIFA

×

 2023-02-11 18:31:06    264

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda Toshloq tumani aholisining 68 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, bu boradagi izchil sa’y-harakatlar natijasida joriy yil yakuni bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichni 92 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabr kungi  “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori ayni jarayonda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgani e’tiborga loyiq.“Farg‘onasuvta’minoti” MCHJning Toshloq tumani filiali rahbari Halimjon Odilovning ma’lum qilishicha, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil davomida tumandagi 17 ta MFY hududida respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari olib borilyapti. Ayni kunlarda “Sadda”, “Xotinqumi”, “Qanjirg‘a”, “Axshakguzar”, “Zarkent”, “Soybo‘yi”, “Jarqishloq”, “Guzarboshi”, “Ucholish”, “Quyi yakkatut”, “Xo‘jaariq”, “Chek”, “Nayman”, “Xonariq”, “So‘kchilik”, “Qipchoqariq” hamda “Yakkatut”  MFYlari hududida 106,8 km ichimlik suv tarmog‘i tortish, 14  dona yangi ichimlik suv inshooti qurish, 5 dona mavjud suv inshootini ta’mirlash, 17 dona yangi suv minoralari o‘rnatish va 5 dona mavjud suv minorasini ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda. -Mahallamiz tuman markazidan o‘rtacha 15 km olisda joylashgan,-deydi “Chek” MFYda istiqomat qiluvchi Muhammadjon Tojiboyev. – Hozirgi kunlarda mutaxassislar tomonidan hududga ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari olib borilyapti. Shu tariqa mahallaning ko‘p yillik muhim hayotiy masalalaridan biri ijobiy hal etilayotganidan behad mamnunmiz.