Haftaning har seshanba kuni Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan tumandagi Xalq qabulxonasida o‘tkazib kelayotgan fuqarolar qabulida har bir murojaatga diqqat bilan e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan qabulda ham tuman aholisi o‘z muammolari va takliflari yuzasidan hokimga murojaat etib, qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishdi. Qabul davomida 40 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.