Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUYUK AJDODLARGA EHTIROM

×

 2023-02-14 16:54:33    324

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida buyuk va mutafakkir shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy, shoh va shoir, olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan ta’lim muassasalaridа tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.Fevral oyining avvalida ikki buyuk shoir va mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, undan so‘ng, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning tavallud ayyomlarining keng nishonlanishi, ularning bitmas tuganmas ma’naviy xazinalariga murojaat etishimiz ongu shuurimizga muhrlangan.Toshloq tumanidagi 8-umumta’lim maktabi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida mutafakkir adib va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda Boburning yozgan asarlaridan namunalar o‘quvchilarga o‘qib eshittirildi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan adabiyotga qiziqqan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.