TUMANDAGI ICHKI YO‘LLAR ASFALTLASHGA TAYYORLANMOQDA
×
2023-02-14 17:46:04 296
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan qishloqlardagi ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, yo‘llar asfaltlashga tayyorlanmoqda. Joriy yilda 12 ta MFYlardagi 45 km.lik ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Bugungi kunda "Chuqur qishloq" MFYdagi 9 ta ichki ko‘chalarning 8 km qismida shag‘allashtirish ishlari ketmoqda. Ushbu hududda asfaltlashtirish ishlari uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.