«TASHABBUSLI BYUDJET» SAMARASI: 2022 YILDA TUMANDAGI 8 TA MAKTAB BINOLARI TA’MIRLANDI
×
2023-02-15 18:00:43 297
PDF yuklash
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5250-sonli qaroriga asosan "Tashabbusli buyudjet" jarayonlarida toshloqliklar ham faol ishtirok etib, muammolarni hal etilishiga erishmoqdalar. Quvonarlisi, 2022 yilda tumanda "Tashabbusli buyudjet" jarayonlarida ijtimoiy sohalar g‘olib bo‘lib, ta’lim va tibbiyot muassasalarida ta’mirlash ishlari olib borildi. "Tashabbusli buyudjet"ning 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan 6 ta umumta’lim maktablarida bino hamda isitish tizimida ta’mirlash ishlari olib borilib, 1 ta maktabning jihozlari yangilandi. Tumandagi 9-umumta’lim maktab jamoasi ham "Tashabbusli buyudjet"ning 2022 yil 2-bosqichni ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, g‘olib deb topilgan edi. Maktabda isitish tizimini ta’mirlash ishlari olib borildi. Maktabdagi sinfxonalar, sport zal va boshqa xonalar zamonaviy, tejamkor isitish tizimiga ulanib, ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.Loyiha g‘olibi bo‘lgan 3-umumta’lim maktabini joriy ta’minlash uchun 500 mln. so‘m mablag‘ ajratilib qurilish-ta’minlash ishlari tez va sifatli bajarildi. Ayni kunlarda maktab o‘quvchilari keng va yorug‘ sinfxonalarda ta’lim olmoqdalar. Bir so‘z bilan aytganda Toshloq tumanida 2022 yilda “Tashabbusli byudjet” jarayonida byudjet mablag‘larini hududlardagi eng muhim deb topilgan loyihalarga yo‘naltirib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari olis va chekka hududlarda yashayotgan aholining hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.