BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA’MINLANDI
×
2023-02-16 15:32:30 330
PDF yuklash
Chop etish
Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatdagi ijtimoiy siyosiy rolini oshirish va bandligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshloq tumanida ham xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganishlari va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kuni-kecha 4-sektor hududidagi “Xamrak” MFYda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida ishsiz xotin-qizlar va yoshlar kelib ishtirok etishdi.Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 20 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 120 taga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan qatnashdilar.Shu kunning o‘zida vaqtinchalik ish bilan band bo‘lmagan fuqarolardan 3 nafariga tumandagi korxona tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanma berildi. 12 nafar xotin-qizlar ishga marhamat monomarkaziga o‘qishga yuborildi.