YOSHLAR YeTAKCHILARI UCHUN O‘QUV - SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
×
2023-02-18 16:24:46 295
PDF yuklash
Chop etish
Ma’lumki, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qaroriga muvofiq yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida respublikamizdagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.Kuni-kecha Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan Toshloq tumani hokimligida Marg‘ilon shahar hamda Toshloq tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv-seminar davomida yoshlar yetakchining psixologik portretini yaratish, yoshlar bilan ishlashda yetakchining o‘rni, yetakchining ijtimoiy tarmoqdagi odobi va faolligi, yetakchining imidjini shakllantirish mavzularida bilim va ko‘nikmalar berildi. Seminar yakunida yoshlar yetakchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.