O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga asosan Toshloq tumanida faoliyat olib borayotgan “Beton Unistroy Energy” MCHJ tomonidan quvvati 10 kVat bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.Xozirda korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji sezilarli qismi mazkur energiya manbai hisobiga qoplanmoqda. Kelgusida korxona tomonidan quyosh elektr panellari quvvatini yanada oshirish rejalashtirilgan.Shu bilan birga tumandagi boshqa ko‘plab tadbirkorlar tomonidan quyosh elektr panellarini o‘rnatishga katta qiziqish bildirilgan bo‘lib, tadbirkorlarga Prezidentimiz qarori bilan berilayotgan soliq imtiyozlari va subsidiyalar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib borilmoqda.