XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING 67 - SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
×
2023-02-24 16:52:27 302
PDF yuklash
Chop etish
Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqahhor Djurabayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Dastlab, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining 2022 yil davomida odil sudlovni Toshloq tumanida amalga oshirilgan ishlari hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar berildi. Navbatdagi masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabr kungi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Sessiyada Toshloq tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabr kungi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi. Sessiya davomida tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi hamda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mobil aloqa vositasidan foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.