Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KIGIZCHILIK – MAHALLANING “DRAYVER”I

×

 2023-02-28 12:00:08    330

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani hududlari “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashgan bo‘lib, har bir hududda o‘ziga xos dehqonchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.Tumanning qadimiy hududlari sirasiga kiruvchi “Varzak” MFYda ota-bobolardan meros kigizchilik hunari e’zozlab kelinmoqda. Ayni paytda kigizchilik mahalla “drayver”i sifatida belgilangan va hozirda 100 nafar hunarmandlar ushbu yumush bilan mashg‘ul. Shu sohada mahallada 300 nafarga yaqin insonning bandligi ta’minlangan.Mahalladagi hokim yordamchisi Abdug‘ani Sulaymonovning aytishicha, o‘tgan yilgi o‘rganish ishlari natijasida mahallada kigizchilikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan qariyb 1 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 2022 yil davomida ichki bozordan tashqari Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyaga 50 ming dollardan ziyod kigiz eksport qilindi. Bu hunar orqasidan bitta oila bir oyda o‘rtacha 5 million so‘m, yiliga 100 million so‘m daromad topadi.   -Kigiz uchun asosan tabiiy xomashyo ishlatiladi. Shu bois u sifatli, arzon va uzoq muddat xizmat qiladi,-deydi shu mahallada yashovchi tadbirkor Husniddin Rahimov.– Keyingi yillarda soha rivojiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va rag‘bat tufayli 10 nafar mahalladoshimni ish bilan ta’minladim. Milliy uslub va an’analar asosida ishlab chiqaruvchi mahsulotlarimiz juda ham xaridorgir.