Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda fuqarolar o‘zlarining qiynab kelayotgan turli muammolarini tuman hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etdilar. Har bir murojaatni joyida hal etish maqsadida tashkilot va korxona rahbarlarining ishtiroki ta’minlandi.Qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 8 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.