Toshloq tumanidagi “JAHON AZIZ PLAST” MCHJ 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mazkur investision loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd 760 mln so‘m, o‘z mablag‘lari hisobidan 500 mln so‘m, xorijiy kredit moblag‘lari 125 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Korxona mahsulotlarining qariyb 50 foizi chet elga eksport qilinadi.Bugungi kunda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi mazkur korxonada 30 nafardan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Korxona Xitoyning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangani bois mahalliylashtirish dasturiga asosan import o‘rnini bosuvchi eksportga mo‘ljallangan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgan. Kelgusida “JAHON AZIZ PLAST” MCHJ tomonidan ishchi o‘rinlarni ko‘paytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanib ishlab chiqarish hajmini ortirish hamda mahsulotlarni 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.