Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


IIB XODIMLARI VA ULARNING OTA-ONALARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

×

 2023-03-06 16:07:33    273

PDF yuklash
Chop etish


Kuni-kecha Toshloq tumani hokimligida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida ularning ota-onasi va oila a’zolari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Farg‘ona viloyati IIB ma’naviy – ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.T.Fozilxo‘jayev hamda viloyat faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimi podpolkovnik I.Xidirov hamda xodimlarning ota-onalari ishtirok etdi. Dastlab uchrashuvda tuman IIB boshlig‘i Farhodjon Bektoshev xodimlarning ota-onalariga murojaat qilar ekan, farzandini turli nojo‘ya qilmishlardan, egnidagi xizmat kiyimiga dog‘ tushuruvchi hatti-xarakatlardan asrash, “Xalq posboni” degan yuksak va sharafli nomni oqlashlari uchun rahbariyat bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga chaqirdi.
Uchrashuvda tuman hududida jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini himoya qilish va el tinchligi, yurt osoyishtaligini ta’minlashda yuksak kasb mahoratini namoyish etib, zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlari va namunali xodimlarning ota-onalariga viloyat IIB rahbariyatining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. 
Uchrashuv so‘nggida xodimlarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.