Prezidentimizning "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 408-sonli Qarori doirasida Toshloq tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda tumandagi mahallalarda asfaltlash ishlari boshlab yuborildi. Bugun "Tog‘liq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Tog‘liq, Teraktagi hamda To‘qiboy ko‘chalarida asfaltlashtirish ishlari bajarildi. Ushbu ko‘chalarni ta’mirlash uchun qaror asosida Davlat byujetidan 4 milliard 65 million so‘m mablag‘ ajratilgan.