Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2023-03-07 17:27:36    254

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanidagi “Oq oltin” to‘yxonasida tumanimizning faol xotin-qizlari uchun fayzli dasturxon yozilib tantanali bayram kechasi tashkil etildi.
Davlat va jamoat ishlarida, tuman hayotining barcha sohalarida faoliyat yuritayotgan faol ayol va qizlar, aziz va muhtarama onaxonlar ishtirok etgan bayram tadbirini tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev ochdi va muhtarama onaxonlar, aziz ayol-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tumanimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlarga asosan tumanimizda o‘tgan yilda kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 20 nafar nogiron hamda yolg‘iz onalar va boquvchisini yo‘qotgan ayollarga  arzon uy-joy ajratish bo‘yicha shartnomalar imzolanib, boshlang‘ich to‘lovlar uchun qariyb 428 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. Tijorat banklari tomonidan 556 nafardan ziyod tadbirkor ayollarga 12 milliard so‘m kredit mablag‘lari berildi.
Shuningdek, og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, 1007 nafar ayollarning bandligi ta’minlanib, 567 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 51 nafar nogiron ayollar kasanachilik faoliyatiga jalb etildi. 
Bayram kechasida tuman hokimi A.Djurabayev hamda sektor rahbarlari tumanimiz ijtimoiy-ma’naviy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi samarali faoliyati uchun bir guruh ayol-qizlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturida mumtoz kuy va navolar, sho‘x raqslar, onani, ayolni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Shu kuni hurmat va ehtirom yuksak e’tibor va rag‘batdan mamnun ko‘ngillar yuksaldi. Tumanimizning faol xotin-qizlari sharafiga tashkil etilgan bayram tadbirida muhtarama ayolga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.