Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUGUN TOSHLOQ TUMANIDA “XAVFSIZ HAYOT UCHUN” VELO VA TEZ YURISH MARAFONLARI O‘TKAZILDI

×

 2023-03-09 18:09:31    198

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Xavfsiz hayot uchun” marafonini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Toshloq tumanida  “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport hamda tez yurish marafonlari o‘tkazildi.
Mazkur marafonning maqsadi  kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yo‘l-taransport hodisasi bilan bog‘liq ayanchli oqibatlarni oldini olish, sog‘lom turmush tarziga chorlash, ishtirokchilarining yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirishga qaratilgan. Marafonda tuman huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlardan iborat 500 nafarga yaqin   sport ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Marafon yakunida  g‘oliblar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.