Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN “CHUQUR QISHLOQ”DA HAM ASFALTLASH BOSHLANDI
2023-03-09 18:10:55 275
Aholi turmush farovonligini oshirish masalasiga strategik yo‘nalish sifatida e’tibor qaratilib, so‘nggi yillarda izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qarori mahallalar infratuzilmasini yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Qarorga ko‘ra, ko‘plab mahallalarda elektr, suv ta’minoti yaxshilanib, ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida aholiga qulayliklar yaratib berilmoqda.
Toshloq tumanida ham ichki yo‘llarni ta’mirlash maqsadida asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bugun 2-sektor hududidagi “Chuqurqishloq” MFYda ham bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.
“Chuqur qishloq” MFYdagi 9 ta ko‘chaning 8 km.lik ichki yo‘llarida asfaltlash ishlari uchun qaror asosida Davlat byujetidan 2 milliard 966 million so‘m mablag‘ ajratilgan.