Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“XOTINQUMI” MFYDA 450 TA XONADON ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANMOQDA
2023-03-11 17:08:34 282
Prezidentimizning "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 408-sonli Qarori doirasida Toshloq tumanida aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida bunyodkorlik ishlari ketmoqda.
Ayni kunlarda “Xotinqumi” MFYda 8,3 km toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 2 ta suv inshootini qurish ishlari olib borilmoqda.
Qarorga ko‘ra, qurilish ishlariga 3 milliard 800 million so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bu ishlar yakunlanishi bilan mahalladagi 450 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.