Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI XONADONLARIGA SUV TARMOGʻI TORTILMOQDA
2023-03-13 16:58:10 242
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan "Nayman" mahallasidagi 350 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
Bugungi kunda “Nayman” MFYda 5,3 km toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 2 ta suv inshootini qurish, 1 ta suv qudug‘ini qazish ishlari ketmoqda.
Qarorga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlariga 2 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bu kabi keng ko‘lamli ishlar Toshloq tumanida davom etmoqda.