Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA CHIGIT EKISH BOSHLANDI
2023-03-15 19:16:16 268
Bugun yaxshi niyatlar va maqsadlar bilan navbatdagi paxtachilik mavsumi Toshloq tumanida boshlandi. Chigit ekish boshlanishi avvalida yaxshi niyatlar bilan jonliq so‘yilib, imom xatib tomonidan qur’on o‘qildi.
Joriy yil Toshloq tumanida chigit ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida, bu yil ham mavsumga puxta hozirlik ko‘rildi. Chigit ekish mavsumini 10 kunlik muddatda yakunlash maqsadida tumanda mavjud 54 ta chigit ekish seyalkalari to‘liq ta’mirdan chiqarildi va otryadlar shakllantirilib, bu otryadlarga tajribali qishloq xo‘jaligi mutahassislar jalb etildi.
Bu yil tumandagi 166 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4800 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, o‘rtacha 40 syentnerdan 19200 tonna paxta xom-ashyosi yetishtirish maqsad qilingan.
“Ekspo kolor prin teks” MCHJ paxta-to‘qimachilik klaster korxonasi hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 18200 tonna paxta hom ashyosi yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomasi imzolangan. Klaster korxonasi omborlaridagi mavjud mineral o‘g‘itlar xozirda 2500 tonna superfosfat hamda 400 tonna ammofos fosforli mineral o‘g‘itlar, 200 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlari zaxirasi yaratilgan.
Mavsumni sifatli va samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminarda hosilni uyushqoqlik bilan yetishtirish haqida gap bordi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va fermerlar ishtirok etib, ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, texnikadan unumli foydalanish, mavsumni tez va sifatli yakunlash borasida fikr almashdilar.
Seminarda mutasaddilarga chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash, chigit ekish seyalkalarni rostlash, yerni ekishga tayyorlash kabi muhim masalalar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari joriy mavsumda foydalanilayotgan zamonaviy chigit ekish seyalkalarining imkoniyatlari va ish unumi bilan tanishdilar, ekish sifatini ko‘zdan kechirdilar.