Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BAYRAM SHODIYONALARI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2023-03-16 17:39:06    160

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘z bayrami tantanalari Toshloq tumanidagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tumandagi 43-umumta’lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Navro‘z tantanalari boshlangunga qadar tadbirga tashrif buyurganlar maktabda tashkil etilgan chevarchilik, do‘ppido‘zlik,  ingiliz va rus tili to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 
Bayram tadbiri davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan raqs dastalari, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga shodlik ulashdi. Shuningdek, o‘zida milliyligimizni aks ettirgan liboslar, milliy hunarmandchilik va milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etilib, bu yerga tashrif buyurganlar ko‘nglida iliq taassurotlar uyg‘otdi.