Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloqda 22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni keng nishonlandi

×

 2023-03-23 07:58:19    153

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilingan edi.
Sana munosabati bilan Toshloq tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda mahalla tizimida namunali faoliyat yuritib kelayotgan beshlik xodimlari, nuroniylar va mahalla faollari taklif etildi. 
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari soha xodimlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tuman hokimi o‘z tabrik so‘zida mahallalar ravnaqi va farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilayotganlarga omad va kuch-g‘ayrat tiladi.
Tadbirning konsert dasturida xushovoz san’atkorlar tomonidan betakror kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayram kayfiyati ulashildi.