Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH RIVOJLANMOQDA
2023-03-25 15:29:12 314
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisini tadbirkorlikka jalb etish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘maklashish borasida qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi turmush sharoitini yaxshilash, doimiy va qo‘shimcha daromad manbaiga ega qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hududlarda «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshloq tumanida ham ushbu tamoyil asosida har bir hududda o‘ziga xos hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Keyingi yillarda «Do‘stlik» MFYda hunarmandchilik, gulchilik hamda boshqa tadbirkorlik turlari tobora rivojlanib bormoqda. Ayni paytda mazkur mahallada 685 ta xonadonda jami 2850 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Bulardan 40 nafarga yaqini tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Birgina, 2022 yil davomida 38 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan. Bundan tashqari, hokim yordamchisi Yashnarbek Sodiqovning aytishicha, o‘z mablag‘lari hisobidan tadbirkorlikni boshlab, mahalladagi ko‘plab ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlar soni kun sayin ortib bormoqda.
Shunday tadbirkorlardan yana biri Marhabatxon Qodirovadir. Bu tadbirkor ayol o‘z xonadonida gulli-chokli uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish bilan qariyb 35 yildan buyon shug‘ullanib keladi. Hozirda u non yopishda ishlatiladigan 10 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. – Kasbim – shifokor, – deydi biz bilan suhbatda usta-hunarmand Marhabatxon Qodirova. – Bolaligimdan bu hunarga qiziqishim, mehrim boshqacha bo‘lgan. Shu sababli ham hozirda sevimli hunarimni astoydil davom etirmoqdaman.
Bir so‘z bilan aytganda, toshloqlik tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmi va ko‘lamini yanada kengaytirib, o‘z mahsulotlarini ko‘proq eksportga jo‘natish maqsadi bilan yashamoqdalar.