Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KO‘PLAB MUROJAATLAR O‘Z YeCHIMINI TOPMOQDA
2023-03-28 16:27:32 248
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabulida fuqarolarning ko‘plab murojaatlari o‘z yechimini topdi.
Qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 5 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.