Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUSIYA MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2023-03-29 15:08:09 222
Bugun tumandagi 2-umumta’lim maktabida tuman davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari uchun yangi tahrirdagi Konstitusiya loyihasining mazmun-mohiyati targ‘iboti bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Dastlab, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dosenti yuridik fanlari nomzodi, mayor Asliddin Nuriddullayev hamda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevlar “O‘zbeksiton Respublikasi konstitusiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartirishlar, normalar haqida ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berdilar.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining katta o‘qituvchilari Muhayyo Jo‘rayeva hamda Xafiza Eshmatovalar ma’ruza qildilar.
Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta’kidlanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi “Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yilishi va ana shu referendum joriy yilning 30 aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har birimiz ishtirok etib o‘z fuqarolik burchimizni bajarmog‘imiz lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.