Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 244 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"YANGILANAYOTGAN KONSTITUSIYA, BIZ REFERENDUMDA OVOZ BERAMIZ”

×

 2023-04-04 08:28:23    301

PDF yuklash
Chop etish


Kuni-kecha Toshloq  tumanidagi xorijiy tillarga  ixtisoslashgan 2-sonli  umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,  ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida   "Yangilanayotgan Konstitusiya,  Biz referendumda ovoz beramiz”  mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va Huquq Instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murodjon Turg‘unov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Ahror Xudoyberdiyev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi rahbari Kamila Olimova hamda Milliy markaz mas’ul xodimi Hamidullo Mo‘minovlar mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.  
Tadbirda Konstitusiyamizdan o‘rin olayotgan yangi demokratik qoidalar, ularning mazmun-mohiyati haqida axborot berildi. Konstitusiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, vakillik va ijro organlarining o‘rni va roli haqida, Asosiy qonunimizning ijtimoiy davlat qurish, oila institutini mustahkamlash, mulkni himoya qilish kabi prinsipial qoidalar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda ishtirokchilarni joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan  O‘zbekiston Respublikasi  umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirdilar.