Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“FAROGʻAT” MAHALLASINING ICHKI YO‘LLARI RAVON BO‘LMOQDA
2023-04-05 16:33:33 252
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan mahallalardagi ichki yo‘llar navbat bilan ta’mirlab kelinmoqda.
Qarorga ko‘ra, uzoq yillardan buyon aholi harakatlanishida ko‘p noqulayliklar tug‘dirayotgan, yozda chang, qishda loy bo‘ladigan ko‘chalar birinchi navbatda asfalt qilinmoqda.
“Farog‘at” MFY tumanning eng olis qishloqlaridan hisoblanadi. Prezident qarori ijrosini ta’minlanishi ushbu mahallaning ichki ko‘chalarini asfalt bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ayni kunlarda mahalladagi ichki yo‘llarning 6,3 km qismida asfaltlash ishlari bajarilmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlari uchun Davlat byudjetidan 3 milliard 50 million so‘m mablag‘ ajratilgan.