Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA YOSHLAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
2023-04-10 16:11:18 250
Toshloq tumanida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kelajak hayotlarini qurishda ko‘mak berish, ularni band qilish maqsadida mahallalarda istiqomat qilayotgan ishsiz yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Birgina, 2022 yilda “Yoshlar daftari”ga 1485 nafar yoshlar kiritildi. Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 1483 nafari yoshlar daftarida yordam ko‘rsatilganlar toifasiga o‘tkazildi. “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 224 nafar yoshlarga OTM to‘lov-kontraktlarini 50 foizgacha qismi to‘lab berildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 562 nafar yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijara huquqi asosida 10 yillik yer maydoni ajratilib "Yoshlar daftari"dan chiqarildi. 210 nafar yoshlarga 813 million so‘mlik asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya tariqasida ajratildi. 80 nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali to‘lab berildi. 7 nafar yoshlarga sog‘lig‘ini tiklash uchun yetarli mablag‘lar ajratildi. Tumanda bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Asosiysi, Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar va mehnat qurollari ajratilib, ularning bandligi ta’minlanmoqda.