Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BESARANGDA EKSPORTBOP QOVUN NAVLARI YeTISHTIRILMOQDA

×

 2023-04-12 14:25:53    259

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida joylashgan “Besarang” MFY aholisi azaldan qovunchilik bilan shug‘ullanadi. Ota-bobolardan meros an’ana bugungi kunda zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirilib, issiqxonalarda eksportbop qovun navlari yetishtirilmoqda.
Mahalla raisi Dilmurod Qosimovning qayd etishicha, ayni paytda mingdan ortiq oilaning aksariyati o‘z tomorqasida qovun ekadi. Innovasion yondashuv tufayli aholi tomorqalarida issiqxonalar tashkil etilib, intensiv usulda qovun yetishtirish yaxshi daromad manbaiga aylandi. Dehqonchilik mahalla “drayver”i sifatida belgilangan bo‘lib, mirishkor tomorqachilar yiliga uch-to‘rt marotabagacha hosil olishadi. Shuningdek, turli sabzavot va rezavorlar ko‘chatlari yetishtirib sotish mahalla ahlining qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi.
 -Qovun issiqxonada ochiq maydonda yetishtirgandan ko‘ra bir oy oldin pishadi,-deydi Ixtiyor Qamchiyev. – Oilamiz qovun sotishdan bir yilda o‘rtacha 50 million so‘m daromadga ega bo‘ladi. Yil davomida tomorqadan yana kamida ikki marotaba hosil olamiz.
Akbarali Ahmullayev oilasi yiliga 50-60 ming tup qovun ko‘chati sotadi. Ko‘chat savdosi qovun yetishtirish daromadidan kam emas. Shuning uchun ham Ahmullayevlar mahallada tomorqadan eng ko‘p daromad topayotgan oilalar sirasiga kiradi.   
Besarang qovuni nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki qo‘shni respublikalarda ham mashhur. Shu bois ekologik toza mahsulot MDH davlatlariga eksport qilib kelinmoqda.
Yaqin kunlarda bozorlar peshtaxtalarini besaranglik mirishkorlarning shirin qovunlari to‘ldiradi.