Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI
2023-05-02 14:46:02 315
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Mazkur qabullar orqali fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolar o‘zining ijobiy yechimini topmoqda. Jarayonda murojaatlari qanoatlantirilgan fuqarolar nafaqat rahbarlardan, balki davlatdan ham rozi bo‘lmoqda. Eng muhimi, har bir murojaat e’tibor markazida turibdi.
Qabul davomida 40 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.