Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SHODLIK” MAHALLASIDAGI KO‘CHALAR TEKIS VA RAVON BO‘LMOQDA
2023-05-02 15:25:59 315
Prezidentimizning joriy yil 25 oktyabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshloq tumanida qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Bugun tumandagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ham yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida asfaltlash ishlari boshlandi.
Qarorga ko‘ra, mahalladagi 6 ta ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borilmoqdi. Ichki ko‘chalarning jami 3,3 km qismi ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Yo‘l qurilishi uchun 1 milliard 650 million so‘m mablag‘ ajratildi.