Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI – TEJAMKORLIK OMILI
2023-05-02 17:10:10 303
Bugun Toshloq tumani hokimligida qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tumandagi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.
Dastlab, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli hamda viloyat hokimining 2023 yil 22 fevral kungi 73-11-0-Q/23-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan tumandagi ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish orqali energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hususida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda viloyat hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri Maqsudali Saydullayev mamalakatimiz iqtisodiyotining yuksalishida elektr energiyasining o‘rni va ahamiyati hususida to‘xtalib, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, energiya tejamkorlikka erishish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va bu borada aholini qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlari va davlat idoralarida, aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, tadbirkorlarning bino va inshootlarida, foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylarga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish kabi vazifalar muhokama etildi.