Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
CHYeKKA QISHLOQLARDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
2023-05-04 09:15:02 303
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash eng katta hayotiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Ana shu maqsadlarda Toshloq tumanida olis va chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman markazidan 25 km uzoqlikdagi 1-sektor hududida joylashgan "Naymanbo‘ston" mahallasida 514 ta xonadon bor. Mahallada mavjud bo‘lgan 5 ta ko‘chada 2 ming 755 nafar aholi istiqomat qiladi.
Aytish kerakki, 2022 yilda mazkur mahalla "Obod qishloq" davlat dasturiga tushgan. Loyihaga ko‘ra, hududda 2 ta yangi suv qudug‘i, 2 ta suv minorasi hamda 15,5 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Bu ishlar uchun Respublika byudjetidan 5,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Hozirda mahalla 100 foiz ichimlik suvi bilan ta’minlangan.