Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA «OQILA AYOLLAR» HARAKATI FAOLLARINING YIGʻILISHI BO‘LIB O‘TD

×

 2023-05-05 15:15:45    318

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari qatnashdilar.
Dastlab, so‘zga chiqqan ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Farg‘ona viloyati hududiy markazi rahbari J.Axmedova aholi farovonligining oshishi uchun imkon qadar salbiy holatlarni oldini olish kerakligi, bunda hamkor tashkilotlar bir qatorda mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari, “Oqila ayollar” harakati a’zolarining ishtiroki va yordami juda muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish qatnashchilariga mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institusional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023 yil 11 aprel kungi O‘RQ-829-sonli Qonuni mazmun mohiyati, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hususida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ya.Zulpixorov, maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi mudiri A.Soliyev hamda tuman imom-xatibi Sh.Egamberdiyevlar so‘zga chiqib, o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.