Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA «ONALARGA EHTIROM» TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-05-06 17:02:37    249

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan "Onalarga ehtirom" festivali doirasida Toshloq tumani Tog‘liq MFYda yashovchi mehnat faxriysi 98 yoshli Adolatxon ona Qo‘shaqova xonadoniga viloyat hokimi o‘rinbosari K.Kavlonova va tuman hokimi o‘rinbosari U.Marasulovalar tashrif buyurdilar.
Adolatxon onani tavallud ayyomi hamda 9-may “Xotira va kadrlash kuni” bilan tabriklab, esdalik sovg‘alar topshirdilar. Onaxon ko‘rsatilgan ehtiromdan mamnun bo‘lib, yurtimizda hamisha tinchlik hukm surishini yaratgandan surab duo qildi.
Shuningdek, Axshak MFY istiqomat qilayotgan Soraxon ona Xasanchayevani xonadoniga ham tashrif buyurildi. Onaxon o‘g‘li, kuyovi va nabirasidan bir kunda ayrilib qolganligi va bu katta musibatni yengishida yurtboshimiz va rahbariyat tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor, mahalla hamda yaqinlarining mehr-muhabbati kuch berganligini aytib, mehridaryo insonlar borligi uchun minnatdorlik bildirdi.