Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

×

 2023-05-11 18:35:46    296

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati hokimligi hamda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, bugun Toshloq tumanida jurnalistlar va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.
Dastlab, ommaviy axborot vositalari xodimlari, hokimlik va axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar ishtirokidagi press-turda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” munosabati bilan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan sifatli ta’lim jarayonlari tanishtirildi. 
2023 yil - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” munosabati bilan Toshloq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda maktablarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.
Press-tur ishtirokchilari dastlab, Toshloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim tarbiya sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun o‘tkazilayotgan to‘garaklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 
Bugun har bir yosh qalbida yangi renessans sari dadil odimlab borayotgan, O‘zbekistonga munosib bo‘lish ularni mamalakatga yetuk, bilim salohiyatli qilib tarbiyalash vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  
Press-tur ishtirokchilari Toshloq tumanidagi “Besarang” MFYda joylashgan 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib u yerdagi sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. 
Hozirda maktabda o‘quvchilar soni 650 nafarni tashkil etmoqda. Maktab zamonaviy talablarga javob beradigan milliy madaniy tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishini uyg‘otuvchi o‘quv metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Shuningdek o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilib, to‘garaklar tashkil etilgan. 
Davlatimiz rahbarining maktab o‘quvchilarini kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ustuvor vazifa etib belgilab “Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo” degan g‘oyani ilgari surgan. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini 2 ta xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish hamda 11-sinfni “Hayot maktabi” etib belgilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilangan.
11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ta’limga bo‘lgan e’tibor  o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Maktab o‘quvchilari xorijiy tillar bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovida 100 million so‘mni qo‘lga kiritganlar.   Press-tur ishtirokchilari umumta’lim maktablarida dars jarayonlari bilan birga o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan xorijiy tillar hamda kasb-hunar to‘garaklarini qiziqish bilan kuzatdilar. Shu kuni tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirokida matbuot anjumani ham o‘tkazildi.  Yuzma-yuz muloqotda tuman hokimi OAV vakillariga Toshloq tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib deb topilgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish borasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar hususida ma’lumot berdi. Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.