Viloyat hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Toshloq tumani bo‘limi tomonidan 15 may - "Xalqaro oila kuni” ga bag‘ishlab “Oila -mening baxtim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Eng ibratli oila” nominasiyasi sovrindorlari Furqat nomli mahalla fuqarolar yig‘inidagi Azizovlar oilasi, “Yakkavut” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Ergashevlar oilalariga tuman hokimligi va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.