"Vatan oiladan boshlanadi" shiori ostida tadbirlar davom etmoqda
×
2023-05-13 15:59:08 623
PDF yuklash
Chop etish
12-umumta’lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbirda tuman prokurori Sh.Musayev, tuman IIB boshlig‘i F.Bektoshev, tuman hokimi o‘rinbosari U.Marasulovalar oilaviy ajrimlarni olidini olish, oilani mustahkamlash va farovonligini oshirish, sog‘lom avlod tarbiyalash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdilar. Turmush qurganiga 50 yildan oshgan Ozodaxon aya Xolmatovani hayotiy hikoyalarini yoshlar miriqib tingladilar. Farzandlarini ta’lim olishga, mehnat qilishga, hunar egallashga qiziqtirish uchun tutgan yo‘llarini barcha bilan o‘rtoqlashdi, bundan yoshlar o‘zlariga xulosa chiqardilar.