Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 8 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi. Qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etilmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.