Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatimizning shahar va tumanlarida “Onalarga ehtirom” festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu festival doirasida Toshloq tumanida ham tadbirlar tashkil etilib, onalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda. Bugun "Ko‘lariq" MFYdagi 45-umumta’lim maktabida bayram tadbiri tashkil etildi. Unga mahallada istiqomat qilayotgan 40 nafardan ziyod onalar taklif etildi. Fayzli o‘tgan uchrashuvda xalqimiz suygan shoira Marhaboxon Karimova ishtirok etdi. Ishtirokchi onalarga o‘zining samimiy tabriklarini izhor etdi. Shundan so‘ng, "Onalarga ehtirom" festivali munosabati bilan bir guruh ayollarga esdalik sovg‘alari va “Tashakkurnoma”lar topshirildi. Tadbirda moʻtabar onaxonlarga bag‘ishlanib, yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar dillarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.