O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi 252-sonli qaroriga ko‘ra, bugun Toshloq tumandagi ishsiz, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga subsidiya asosida asbob-uskunalar tarqatildi. Hokim yordamchilari tavsiyasi bilan 65 nafar fuqarolarga shundan 60 ta 1 chokli tikuv mashinasi, 2 ta payvandlash apparati, 1 ta inkubator, 2 ta averlo tikuv mashinasi hamda zamonaviy tikuv mashinalari subsidiya asosida berildi. Subsidiya asosida payvandlash apparati, zamonaviy tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari topshirdilar.