Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2023 yil 29 may kuni Toshloq tuman xhokimligi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi A.Raximov,
2023-05-30 11:13:57 327
2023 yil 29 may kuni Toshloq tuman xhokimligi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi A.Raximov, Toshloq tuman xokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova, sektor rahbarlari, MFY faollari hamda tumanda yashovchi xotin-qizlar ishtirokida O‘zbekistan Respublikasi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekistan Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi A.Raximov mazkur qonun normalariga tushuntirish berib, so‘nggi to‘rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklarda himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, xotin-qizlarni jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha qaror mazmun moxhiyatini ommaga keng targ‘ib qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, mazkur yig‘ilishda Toshloq tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova xotin- qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ni maqsadli sarflash ishlari yo‘lga qo‘yilgach, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muxtoj qizlar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar ma’lum darajada ortgani, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar, partiyalarda, oliy ta’limda, tadbirkorlikda sezilarli darajada ko‘tarilgani haqida tushuntirish berdi.
Avazbek Raximov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi.