Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“HAR BIR BOLAGA MEHR E’TIBOR” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

×

 2023-06-01 12:28:59    149

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani hokimligi, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda tuman “Nogironlar” jamiyati tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi 130 nafar imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandalari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.
Sana munosabati bilan tumandagi “Ufq” to‘yxonasiga bolajonlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari taklif etilib, to‘kin dasturxon yozildi.
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Murg‘ak qalb egalariga bayram sovg‘alarini ulashdi. Bu bolalarga bir olam quvonch va shodlik ulashdi.
Bayram kechasida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar, bolajonlarni o‘yin kulgulari bayram tadbiriga yanada fayz bag‘ishladi.